
Yil yakunida Transfermarkt mutaxassislari futbolchilarning transfer qiymatlarini faol yangilamoqda. Shular qatorida «Al-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bahosi ham qayta ko'rib chiqildi.
Biroq 40 yoshli futbolchining taxminiy qiymati o'zgarmadi va 12 million yevro miqdorida qoldi. Eslatib o'tamiz, 2024 yil oxirida Ronaldu Transfermarkt reytingida 15 million yevrodan 12 million yevroga tushgandi.
Shundan beri «Oltin to'p»ning besh karra sohibi bo'lgan hujumchining qiymati ikki bor qayta baholangan, ammo raqam o'zgarmagan. Yozda Ronaldu «Al-Nasr» bilan yangi shartnoma imzolagan.
Kelishuv 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Shuningdek, bir hafta avval Lionel Messining transfer qiymati keskin pasaygani qayd etilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.