date

Flamengo direktori Vinisius Junior qaytishini muqarrar dedi


«Flamengo»ning texnik direktori Joze Boto Vinisius Juniarning kelajakda ona klubiga qaytishini muqarrar deb hisoblaydi. Braziliyalik hujumchi faoliyatini «qizil-qoralar» safida boshlagan, 2018 yilda esa Madridning «Real» klubiga o‘tgan.

«Flamengo»dan o‘tgan har bir inson bu joyga bo‘lgan muhabbat va mehrni butun umr saqlab qoladi. Shunday vaqt keladiki, Vinisius klubga qaytishni istaydi», — deya Boto so‘zlarini ESPN keltirdi.

Vinisius Juniarning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 25 yoshli futbolchi bilan yangi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti, shu sabab uning kelajagi hanuz noaniq qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flamengo direktori Vinisius Junior qaytishini muqarrar dedi