date

Turkiya o'zbeklar uchun elektron ish vizalarini joriy qilishi mumkin

Turkiya o'zbeklar uchun elektron ish vizalarini joriy qilishi mumkin
Turkiya O'zbekiston fuqarolari uchun elektron ish vizalarini joriy etish masalasini ko'rib chiqmoqda. Ushbu masala 27-oktabr kuni Anqarada O'zbekiston delegatsiyasining Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvi chog'ida muhokama qilindi.

Turkiya ichki ishlar vazirining o'rinbosari Mehmet Oktashning ta'kidlashicha, ikki davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli bugun O'zbekiston va Turkiya o'rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida yaqin aloqalar o'rnatilgan. Turkiya tomoni, shuningdek, boshqa turdagi vizalar asosida Turkiyada bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolariga mamlakatni tark etmasdan turib ishlash uchun ruxsat olish imkoniyatini ko'rib chiqishini ma'lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya o'zbeklar uchun elektron ish vizalarini joriy qilishi mumkin