date

Amazon va OpenAI 38 milliard dollarlik shartnoma imzoladi

Amazon va OpenAI 38 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
Amazon Web Services (AWS) va OpenAI 38 milliard dollarlik kelishuv imzoladi. Ushbu hamkorlik OpenAI kompaniyasiga AQShning Nvidia kompaniyasi ishlab chiqargan chiplaridan foydalanish imkonini beradi.

Hamkorlik yetti yilga mo‘ljallangan. "AWSning ilg‘or infratuzilmasi OpenAIning sun’iy intellekt sohasidagi maqsadlarini amalga oshirishda asosiy poydevor bo‘ladi", — dedi Amazon Web Services bosh direktori Mett Garman.

Bloomberg xabariga ko‘ra, OpenAI sun’iy intellekt sohasida yetakchilardan biri bo‘lib, texnologik sohani sezilarli darajada o‘zgartirdi. Kompaniya sun’iy intellekt modellari uchun infratuzilmani rivojlantirishga 1,4 trillion dollar mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilning oktabr oyi oxirida OpenAI Microsoft korporatsiyasi bilan hamkorlikni boshlaganini e’lon qildi. Kelishuvga ko‘ra, Windows operatsion tizimi ishlab chiqaruvchisi kompaniyaning tijorat tuzilmasidagi 27% ulushga va sun’iy intellekt texnologiyalaridan yetti yil davomida foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amazon va OpenAI 38 milliard dollarlik shartnoma imzoladi