
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda shov-shuvli qotillik sodir etildi. Mahalliy OAVlarga ko‘ra, sobiq ichki ishlar xodimi turmush o‘rtog‘ini o‘q otib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.
Hodisa 23 dekabr kuni kechqurun Bokonbayev va Ibraimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, er-xotin o‘rtasida janjal chiqqan va erkak ayolga olti marta o‘q uzgan. Ayol olgan jarohatlari oqibatida voqea joyidayoq halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, juftlik aynan o‘sha kuni rasman ajrashgan bo‘lgan. Fojeali tomoni — hodisa ayolning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan. Marhuma 47 yoshni qarshi olayotgan bo‘lgan. Oilada ikki nafar farzand bor.
Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergovchilarning aniqlashicha, jinoyat sodir etilgan paytda u mast holatda bo‘lgan. Shuningdek, marhum avvalroq oilaviy zo‘ravonlik yuzasidan politsiyaga murojaat qilgani ham aytilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha “Qotillik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.