Epshteyn ishi fayllarida Trampga doir jiddiy ayblov

Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ochilgan hujjatlarda Donald Trampga nisbatan zo‘rlash ayblovi tilga olingan FQB qo‘ng‘irog‘i stenogrammasi aniqlangan. Ismi maxfiy qoldirilgan guvoh 2020 yilda o‘tmishda sodir bo‘lgan zo‘rlash holati haqida ma’lumot bergan. Guvoh sifatida tilga olingan ayol 2000 yil yanvar oyida bosh qismidagi jiddiy jarohatlar bilan vafot etgan, sud-tibbiy ekspertiza esa uning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb baholagan.
Voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ochilgan hujjatlar orasida Donald Trampga nisbatan og‘ir ayblovlar tilga olingan materiallar aniqlandi. Bu haqda The Insider nashri xabar berdi.
Nashr ma’lum qilishicha, fayllar orasida 2020 yilda FQBga qilingan qo‘ng‘iroq stenogrammasi bor. Unda ismi maxfiy qoldirilgan guvoh o‘tmishda sodir bo‘lgan zo‘rlash holati haqida ma’lumot berib, ayblovni aynan Donald Trampga qaratgan.
Manbalarga ko‘ra, guvoh sifatida tilga olingan ayol 2000 yil yanvar oyida vafot etgan. Uni tekshirish jarayonida bosh qismida jiddiy jarohatlar aniqlangan. Jasad topilgan joyni ko‘zdan kechirgan politsiya xodimlari bu holatni o‘z joniga qasd qilish sifatida baholash ehtimolini istisno etishgan.
Shunga qaramay, sud-tibbiy ekspertiza yakuniy xulosasida ayolning o‘limi o‘z joniga qasd qilish natijasi ekani qayd etilgan. Mazkur ma’lumotlar Epshteyn ishi doirasidagi hujjatlar oshkor etilishi ortidan jamoatchilik e’tiborini yanada kuchaytirdi.






























Izohlar 0
…