
Ijtimoiy tarmoqlarda uch nafar chet ellik, taxminan Xitoy fuqarolari, O‘zbekiston milliy valyutasi bo‘lgan so‘m kupyurasini yoqib, sigaret tutatgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.
Video Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘ida "Kichik Se" taxallusli foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan. Unda erkaklar kupyurani yoqib, kulayotganini ko‘rish mumkin.
Kun.uz xabariga ko‘ra, ushbu shaxslar Toshkent viloyatidagi korxonalardan birida ishlashi mumkin. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, milliy valyutaga nisbatan hurmatsizlikni namoyish etuvchi harakatlar huquqiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Jinoyat kodeksiga binoan, davlat ramzlariga, jumladan, pul belgilaridagi tasvirlarga nisbatan hurmatsizlik jinoyat hisoblanadi. Ushbu modda bo‘yicha katta miqdorda jarima, majburiy tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi belgilangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.