
2025-yil 5-noyabr kuni Filippinning markaziy hududlariga "Kalmegi" tayfuni urilishi natijasida kamida 66 kishi halok bo‘ldi, 400 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. BBC xabariga ko‘ra, eng ko‘p zarar Sebu oroliga yetgan, bu yerda butun qishloqlar suv ostida qolgan.
Hozirda 26 kishi bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan. Qurbonlarning aksariyati suv toshqini paytida halok bo‘lgan.
Sebu provinsiyasida favqulodda holat e’lon qilindi. Voqea davomida shamol tezligi soatiga 130 kilometrga yetgan, natijada uylar vayron bo‘lgan, yo‘llar avtomobillar va binolar qoldiqlari bilan to‘lgan.
Harbiylar qutqaruv ishlariga aviatsiyani jalb qilishgan, ammo bir vertolyot halokatga uchragan va olti nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, suv darajasi juda tez ko‘tarilgan.
"Bizning uyimiz loy bilan to‘lgan, qayerdan tozalashni boshlashni bilmayapmiz", deydi Mandaue shahri aholisi. Tayfun kuchsizlanib, Janubiy Xitoy dengizi tomon harakatlanmoqda va yaqin kunlarda Vyetnamga yetib borishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar