
«O‘zgidromet» 25 dekabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda tuman kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida kun davomida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanadi. Shamol sharq tomondan yengil esadi, kunduzi harorat 10–12 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istonda esa ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi ehtimoli bor. Boshqa viloyatlarda, jumladan Xorazm, Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.
Markaziy va janubiy hududlarda havo asosan iliq bo‘lib, kunduzi 8–13 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa harorat biroz past saqlanadi.
Tog‘li hududlarda shamol ayrim joylarda kuchayishi mumkin, kechasi salqin, kunduzi esa mo‘tadil iliq ob-havo kuzatiladi.
Mutaxassislar tumanli hududlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. Qish kunlari hali syurprizlarsiz o‘tmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.