
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio "Milan"da yuz bergan o'zgarishlar haqida fikr bildirdi. Rabioning aytishicha, klubdagi eng asosiy yangilik futbolchilar yoki jamoaning o'zi emas, balki yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri va uning yangi shtabidir.
"Milan"dagi eng katta o'zgarish futbolchilar ham, jamoa ham emas, balki yangi murabbiy va uning yangi shtabi. Biz hammamiz Allegri malakali ekanini bilamiz: u futbolchilarning boshiga kirishni, ularni tushunishni biladi, umuman olganda, bunday murabbiy hammaga kerak.
Futbol faqat oyoq bilan o'ynaladigan o'yin emas, Allegri bilan buni juda aniq tushunamiz", — deya Rabioning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi. Avvalroq Rabio Allegri bilan Turin "Yuventus"ida samarali hamkorlik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.