date

AQShga borgan o'zbekistonliklar soni oshdi

AQShga borgan o'zbekistonliklar soni oshdi
Joriy yilning to'qqiz oyi davomida 12,9 ming nafar O'zbekiston fuqarosi AQShga tashrif buyurgan. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi ma'lumot berdi.

2024 yilning yanvar-sentabr oylaridagi ko'rsatkichlar bilan solishtirilganda, O'zbekistondan AQShga yo'nalgan sayohatchilar soni 9,3 foizga oshgan. O'zbekistonliklar asosan sayohat maqsadida AQShga borgan — 9,2 ming kishi.

Qolganlar esa turli sabablarga ko'ra tashrif buyurgan: qarindoshlarini ko'rish (3,1 ming kishi), o'qish (304 kishi) va ish faoliyati (273 kishi).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShga borgan o'zbekistonliklar soni oshdi