
Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev payshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtondagi uchrashuvda mamlakatining Avraam kelishuvlariga qo'shilish niyatini e'lon qiladi. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbalarga tayanib, Axios xabar bermoqda.
Nashrning xabariga ko'ra, Toqayevning bayonoti Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari bilan Trampning sammiti davomida yangraydi. Bundan tashqari, Qozog'iston AQSh bilan strategik muhim mineral resurslar sohasida hamkorlikka oid kelishuvni imzoladi.
Tahlilchilarning fikricha, bu qadam Vashington bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash yo'lidagi yana bir qadam bo'ladi. Shuningdek, Toqayev va Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birga telefon orqali muloqot qilib, Qozog'istonning kelishuvlarga qo'shilishini rasman tasdiqlashlari kutilmoqda.
AQSh rasmiylari ushbu qadamni "G'azo mojarosidan keyin Isroilning musulmon dunyosidagi mavqeini tiklash bo'yicha birinchi qadam" deb atashmoqda. "Bu Avraam kelishuvlari tinchlik va mintaqaviy hamkorlikka intilayotgan mamlakatlar uchun jozibador format bo'lib qolayotganini ko'rsatadi", dedi AQSh ma'muriyati vakillaridan biri.
Avraam kelishuvlari 2020 yilda AQSh ishtirokida imzolangan. Dastlab Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Sudan va Marokash ushbu kelishuvlarga qo'shilib, Isroil bilan diplomatik aloqalarni o'rnatgan edi.
Ushbu tashabbus Tramp ma'muriyatining tashqi siyosatdagi muhim yutuqlaridan biri bo'lib, Isroil va Yaqin Sharq mamlakatlari o'rtasida iqtisodiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan edi. Vashington Qozog'istonning qo'shilishi kelishuvlarning yanada kengayishiga turtki berishini umid qilmoqda.
Xususan, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning 18-noyabr kuni AQShga tashrifi kutilmoqda. AQSh rasmiylari ushbu tashrifni Er-Riyodning kelishuvlarga qo'shilishini targ'ib qilish uchun ishlatmoqchi.
Ammo muzokaralar murakkab bo'lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar