
2025-yil 7-noyabr kuni Misr arxeologi va professori Xolid Ahmad al-Anani Ali Ezz UNESCOning 12-bosh direktori etib tayinlangani haqida tashkilot xabar berdi. U 15-noyabr kuni to'rt yillik muddatga ish boshlaydi.
Al-Anani UNESCOni boshqaradigan birinchi arab mamlakati vakili va ushbu yuqori lavozimni egallagan ikkinchi afrikalik bo'ladi. U ilgari Misrning turizm va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish vaziri lavozimlarida ishlagan.
Yangi rahbar misrologiya bo'yicha falsafa fanlari doktori bo'lib, 30 yillik o'qituvchilik tajribasiga ega va uchta tilni biladi. Shuningdek, u Jahon sayyohlik tashkilotining madaniy turizm bo'yicha maxsus elchisi sifatida tanilgan.
UNESCO – BMTning ixtisoslashgan tashkiloti bo'lib, ilm-fan, ta'lim va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik orqali tinchlikni mustahkamlashga ko'maklashadi. Tashkilot 194 a'zo davlatni birlashtiradi va dunyo bo'ylab 2000 dan ortiq jahon merosi ob'yektlarini boshqaradi.
UNESCOga birinchi arab rahbar tayinlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar