
2025-yil 8-noyabr kuni Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi hamda Freedom Holding Corp. kompaniyasi Qozog‘istonda sun’iy intellekt markazi (AI-hub) tashkil etish bo‘yicha strategik hamkorlikni e’lon qildi.
Bu haqda vazirlikning rasmiy veb-saytida xabar berildi. Loyiha amalga oshirilishi Qozog‘iston va Markaziy Osiyo davlatlarining sun’iy intellekt sohasidagi yetakchiligini mustahkamlashi kutilmoqda, deya ta’kidladi vazirlik vakillari.
Markaz Nvidia infratuzilmasi bilan jihozlanadi, uning boshqaruvi esa Freedom Holding Corp. zimmasida bo‘ladi.
Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard dollarni tashkil etishi rejalashtirilgan bo‘lib, asosiy investor sifatida Freedom Holding Corp. harakat qiladi.
“Biz Qozog‘istonning global sun’iy intellekt sanoatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan bu keng ko‘lamli tashabbusga qo‘shilayotganimizdan mamnunmiz. Nvidia’ning ilg‘or texnologiyalari, vazirlikning strategik ko‘rishlari va tajribamizni birlashtirib, innovatsiyalar rivoji va Markaziy Osiyoda uzoq muddatli o‘sish uchun mustahkam poydevor yaratmoqdamiz”, dedi Freedom Holding Corp.
bosh direktori Timur Turlov. Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi AI-markaz uchun sharoit yaratadi hamda sun’iy intellekt akademiyasi va tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilishida yordam beradi.
Shuningdek, 165 ming nafar qozoq o‘qituvchisi ChatGPT Edu — chat-botning ta’lim versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu bo‘yicha kelishuv Freedom Holding, OpenAI va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida imzolandi.
Qozog'istonda sun'iy intellekt markazi quriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar