date

Afrosiyobning qo'shimcha reyslari yo'lga qo'yiladi

Afrosiyobning qo'shimcha reyslari yo'lga qo'yiladi
Yangi yil bayramlari arafasida Temiryulekspress kompaniyasi Toshkentdan Buxoro va Samarqandga yuqori tezlikdagi Afrosiyob poyezdlarining qo'shimcha reyslarini yo'lga qo'yishini e'lon qildi. "Samarqand – Toshkent" yo'nalishidagi qo'shimcha reyslar 26-dekabrdan 31-dekabrga qadar, shuningdek, 4-yanvar kuni amalga oshiriladi.

Samarqanddan №775 poyezd soat 10:55 da, Toshkentdan esa №776 poyezd soat 13:56 da jo'naydi. "Buxoro – Toshkent" yo'nalishidagi qo'shimcha reyslar 30 va 31-dekabr kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan №778 poyezd soat 06:10 da, Buxorodan esa №777 poyezd soat 18:08 da jo'naydi. Chiptalarni O‘zbekiston temir yo‘llari rasmiy sayti, veb va mobil ilovalari orqali hamda kassalarda xarid qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Afrosiyobning qo'shimcha reyslari yo'lga qo'yiladi