
Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlarida Yangi yil bayramlari munosabati bilan 25 dekabrdan 10 yanvargacha ayrim ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumanida gastronomik ko‘chada harakat cheklanadi. Xususan, Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalarida harakat vaqtincha to‘xtatiladi.
Bektemir tumanida esa Coca-Cola Garden parki yaqinidagi Chirchiqbo‘yi ko‘chasining bir qismi yopiladi. Shu sababli haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish va oldindan harakat yo‘nalishini rejalashtirish tavsiya etiladi.
Bungacha shaharning markaziy qismlarida ham transport harakati cheklangan edi. 15 yanvarga qadar Zarafshon, Istiqlol va Buyuk Turon ko‘chalarining Milliy kutubxona yaqinidagi qismlari yopilgan.
Bundan tashqari, 5 yanvarga qadar Taras Shevchenko va Said Baraka ko‘chalarining ayrim qismlari ham yopiq bo‘ladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.