Tramp: Eronga kuchli zarba tayyor, keskin bayonotlar yangradi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron atrofidagi vaziyat yuzasidan yana bir bor keskin va shov-shuvli bayonotlar bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalar ichida Eronga qarshi jiddiy zarba berish rejalashtirilmoqda.
“Keyingi 2–3 hafta davomida biz ularga juda kuchli zarba beramiz. Biz ularni tosh davriga qaytarishga qodirmiz”, — deya ta’kidladi Tramp.
AQSH prezidentining boshqa bayonotlari:
- Qo‘shma Shtatlar Erondagi harbiy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida;
- Hozirda biz uchun ustuvor vazifa diplomatiya emas, balki jangovar harakatlarni davom ettirish;
- Eron endi Yaqin Sharq uchun tahdid tug‘dirmaydi;
- Qo‘shma Shtatlarda yoqilg‘i narxlarining qisqa muddatli oshishiga Eronning xatti-harakatlari sabab bo‘ldi, ammo mamlakat iqtisodiyoti bunga tayyor;
- Eron raketalari Yevropaga ham, AQSHga ham yetib borishi mumkin edi, ular imkon qadar ko‘proq qurol ishlab chiqarishni xohlashgan edi va biz bu qurollarni yo‘q qildik;
- Qo‘shma Shtatlarga Yaqin Sharq nefti umuman kerak emas;
- Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq vaziyat harbiy amaliyot tugaganidan keyin hal etiladi;
- Ho‘rmuz orqali neft olishni xohlaydigan mamlakatlar bo‘g‘ozdagi xavfsizlikni o‘zlari ta’minlashlari yoki uni AQSHdan sotib olishlari kerak.
Mutaxassislar fikricha, bu kabi keskin bayonotlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada taranglashtirishi mumkin. Ayni paytda xalqaro hamjamiyat tomonlarni vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!