Trampdan keyin Rossiya rahbari Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurmoqchi

Rossiya rahbari Vladimir Putin Xitoyga bir kunlik tashrif bilan borishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashrif AQSh prezidenti Donald Trampning Pekinga amalga oshirgan yuqori darajadagi safaridan bir necha kun o‘tib bo‘lib o‘tadi.
South China Morning Post manbalariga ko‘ra, Putinning Pekinga tashrifi 20 may kuniga rejalashtirilgan. Tashrif Moskva va Pekin o‘rtasidagi muntazam siyosiy aloqalar doirasida o‘tkazilishi aytilmoqda.
Manbalar bu safar katta tantanali kutib olish yoki dabdabali marosimlar bilan kechishi kutilmayotganini bildirgan. Shunga qaramay, Xitoyning qisqa vaqt ichida AQSh va Rossiya rahbarlarini qabul qilishi xalqaro maydonda e’tibor tortmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, Pekin bu orqali Vashington va Moskva bilan aloqalarni muvozanatda olib borishga urinmoqda. Shu bilan birga, Xitoy tobora murakkablashib borayotgan global siyosiy vaziyatda o‘zini muhim kuch markazi sifatida namoyon qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!