date

Xitoy kompaniyalari AQSH harbiy ma’lumotlarini sotmoqda — The Washington Post

Xitoy kompaniyalari AQSH harbiy ma’lumotlarini sotmoqda — The Washington Post

Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida yangi va xavotirli axborotlar paydo bo‘lmoqda. The Washington Post gazetasi xabariga ko‘ra, Xitoy armiyasiga aloqador ayrim kompaniyalar AQSH harbiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni qayta ishlab, ularni sotish bilan shug‘ullanmoqda.

Manbada aytilishicha, mazkur kompaniyalar sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, AQSHning harbiy texnikasi va operatsiyalari haqidagi ochiq ma’lumotlarni tahlil qiladi. So‘ngra ushbu ma’lumotlar tijorat maqsadlarida global internet tarmoqlari orqali tarqatiladi.

Xususan, gap AQSHning xorijiy harbiy bazalari, aviatashuvchi guruhlari hamda Tehronga qarshi ehtimoliy havo hujumlariga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotlar ustida ketmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu kabi harakatlar axborot xavfsizligi va harbiy sirlarni himoya qilish masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalarining harbiy sohada qo‘llanilishi yangi xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarayotgani ta’kidlanmoqda.

Ayni paytda bu holat bo‘yicha rasmiy munosabatlar bildirilmagan, biroq mavjud ma’lumotlar xalqaro darajada jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy kompaniyalari AQSH harbiy ma’lumotlarini sotmoqda — The Washington Post