date

AQSH urushiga milliardlar ketmoqda: xarajatlar keskin oshib bormoqda

AQSH urushiga milliardlar ketmoqda: xarajatlar keskin oshib bormoqda

AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyoti juda katta moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qilmoqda. Financial Times xabariga ko‘ra, AQSH bu urush uchun kuniga yuz millionlab dollar sarflamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, besh hafta davom etgan harbiy kampaniya umumiy hisobda 22,3 milliarddan 31 milliard dollargacha baholanmoqda. Shu mablag‘ning bir qismi harbiy texnikaga yetgan zararni qoplash va uni yangilashga sarflanmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayrim shikastlangan texnikalarni qisqa vaqtda ta’mirlash mumkin, ammo butunlay yo‘q qilingan tizimlarni qayta tiklash ancha vaqt va katta mablag‘ talab qiladi. Shu bilan birga, urush sharoiti ta’mir uchun zarur materiallar ta’minotida ham muammolarni kuchaytirishi mumkin.

Ayrim manbalarga ko‘ra, yo‘qotishlarning muayyan qismi resurslardan noto‘g‘ri foydalanish yoki texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan Pentagon Kongressdan Erondagi operatsiyani davom ettirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ham so‘ragani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH urushiga milliardlar ketmoqda: xarajatlar keskin oshib bormoqda