07:14 / 28.10.2017
5 739

Ko’chaning qoq markazida joylashgan kutubxona odamlarni mutolaa qilishga undayapti

Ko’chaning qoq markazida joylashgan kutubxona odamlarni mutolaa qilishga undayapti
Zamonamiz odamlari, xususan yoshlar orasida kitob o’qish o’rniga, texnika vositalaridan foydalanish uchun ko’proq vaqt sarf etilmoqda. Bolgariyalik arxitektorlar guruhi esa ushbu holatga barham berish va kitoblarga avvalgi ommaboplikni qaytarish uchun ajoyib usulga murojaat qilishdi.

Ular ko’chaning qoq markaziga kutubxona qurishdi. Bu yerda yo’lovchilar o’zlari istagan kitoblarni olib, uni shu yerning o’zidayoq mutolaa qilishlari mumkin.

Kutubxona Varna shahrida ochilgan, bu yerni “Bolgariyaning dengiz poytaxti” deb ham atashadi. Mazkur joydan makon topgan kutubxona ko’rinishi ham chig’anoqni yodga soladi. Bu esa yangi inshootning yanada qiziqarli bo’lishi uchun imkon yaratmoqda, deydi xorij nashrlari.

“Rapana” deb nom berilgan kutubxonaga 1500 ta kitob sig’ishi mumkin. Shuningdek bu yerda maxsus o’rindiqlar, artistlar chiqishi va yosh rassomlar ko’zgazmasi uchun mo’ljallangan kichik sahna ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko’chaning qoq markazida joylashgan kutubxona odamlarni mutolaa qilishga undayapti