Bu lavozimga hukumat raisining birinchi o‘rinbosari Soray Saens de Santimariya tayinlandi. Ispaniya hukumat rahbarlarining aytishicha, bu harakat Kataloniyada mustaqillik e’lon qilinishiga qarshi arzirli javob vazifasini o‘taydi. O‘z o‘rnida Kataloniya rahbari Karles Puchdemon egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan bir vaqtda Kataloniya shaharlarida Ispaniya bayrog‘i yo‘q qilindi. Puchdemon bu harakatlarni uzoq kutilgan erkinlik bayrami sifatida baholadi.
Ispaniya hukumati Kataloniya mustaqilligiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatayotganiga qaramay, kecha tundan to bugunga qadar mustaqillikka bag‘ishlangan xalq namoyishlari to‘xtagani yo‘q. Taxminan 20 mingga yaqin odam namoyishlarda faol ishtirok etmoqda.
Germaniya, Angliya, Fransiya va yana bir qator ko‘zga ko‘ringan davlatlar esa Kataloniya mustaqilligini ochiqchasiga tan olmasliklarini bayon qilishdi. Ispaniya qiroli ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. U 2017 yil 21 dekabrida Kataloniyada yangi saylovlar tashkil etilishini mamlakat ahliga ma’lum qildi. Uning aytishicha, Ispaniya hech qachon bo‘laklarga bo‘linmaydi va Kataloniya ham uning tarkibida qoladi.
Mustaqillik munosabati bilan tashkil etilgan namoyishlarda oddiy xalq vakillarining politsiya bilan jiddiy to‘qnashuvlari kuzatilgan. Rasmiy xabarlarga qaraganda, yuzlab fuqarolar qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi