10:07 / 30.10.2017
6 390

2035 yilga kelib Xitoydagi keksa kishilar soni 400 milliondan oshadi

2035 yilga kelib Xitoydagi keksa kishilar soni 400 milliondan oshadi
2035 yilga kelib, Xitoyda 60 yoshdan katta kishilar soni 400 milliondan oshadi, deb yozadi «TASS» Xitoy jamoatchilik xavfsizligi uyushmasiga tayanib.

«Mamlakatimiz ‘qariyotgan jamiyat’li mamlakatlar toifasiga 2000 yilda kirgan edi, shundan keyin Xitoydagi keksa aholi har yili 10 million kishiga ko‘payishni boshladi», — dedi tashkilot rahbari Chjen Gunchen.

Uning eslatishicha, Xitoyda ayni paytda 240 million qariya yashaydi. Ushbu ijtimoiy qatlam tobora ko‘p sonli bo‘lib bormoqda, bu esa davlat byudjeti, sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minotga yuklamani ko‘paytirmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mehnatga layoqatli bo‘lgan (15—64 yoshli) xitoyliklar soni taxminan 1 milliard kishini tashkil etadi. 2030 yilga kelib, ularning soni 958 million, 2050 yilga kelib esa — 827 million kishigacha kamayadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2035 yilga kelib Xitoydagi keksa kishilar soni 400 milliondan oshadi