8 435
Moskvada mast erkak 9-qavatdan yiqilib tushdi va «ziyofat»ni davom ettirish uchun yana uyiga qaytdi
Moskva g‘arbidagi Novo-Peredelkino tumanining 37 yoshli fuqarosi 9-qavatdan yiqilib tushib omon qoldi va politsiyani yordamga chaqirdi. Biroq huquq-tartibot xodimlari yetib kelganida u bo‘lgan voqeani eslay olmadi. Bu haqda «360» telekanali ma’lumotiga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Noxush hodisa 12 noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Erkak uyida yolg‘iz ichib o‘tirgan va derazadan yiqilib tushgan. Shundan so‘ng u yana uyiga ko‘tarilib, «ziyofat»ni davom ettirgan va «02»ga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiyachilar aytilgan manzil bo‘yicha kelganida u nima sababdan huquq-tartibot xodimlarini chaqirganini eslay olmagan. Voqea joyiga kelgan shifokorlar uning ko‘krak qafasi va boshqa a’zolariga shikast yetganini aniqlagan hamda uni shifoxonaga olib ketgan.
Hodisaning tafsilotlari aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi