7 489
Mashhurlarning g‘aroyib nikoh shartnomalari: “Agar xiyonat qilsang, 500 ming dollar to‘laysan!..”
Ba’zi mashhurlarning nikoh shartnomalari boshqalarinikidan shunisi bilan ajralib turadiki, unga g‘ayrioddiy bandlar kiritilgan bo‘ladi. Jumladan, quyidagi juftliklarning nikoh shartnomalari ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Jessika Bil va Jastin Timberleyk
Jessika Bil Jastin uchun alohida xiyonat bandi tayyorlagan. Agar Jastin boshqa biror ayolga ilakishib qolgudek bo‘lsa, unda Jessika 500 ming dollar oladi. Yulduzlarning umumiy boyligi 248 million dollar.
Nikol Kidman va Kit Urban
Nikol bilan Kitning nikoh shartnomasi narkotik va spirtli ichimliklarga bog‘liq. Kit yil davomida spirtli ichimliklardan uzoq yursa, har yil uchun 600 ming dollar oladi. Ammo Nikol eriga muhim ziyofatlarda, shundayam faqat shampan vinosigagina ruxsat bergan. Juftlik 2006 yilning iyun oyida turmush qurishgan. Ularning umumiy boyligi 205 million dollarni tashkil etadi.
Jey Zi va Beyonce
Qo‘shiqchi har bir farzand uchun 5 million dollar daromad qiladi. Ularning shartnomasida yana shunday bir band borki, agar juftlik 15 yil tinch-totuv yashashsa, Beyonce 15 million dollar ishlab oladi.
“Forbes”ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Beyonce va Jey Zi dunyoning eng badavlat san’atkorlari. Ularning umumiy mablag‘i – 1,16 milliard dollar.
Maykl Duglas va Ketrin Zeta-Jons
Maykl Duglas va Ketrin Zeta-Jonsning nikoh shartnomasida yanayam g‘ayri-real mablag‘ bor. Yulduzlarning 2000 yilda imzolagan nikoh shartnomalariga asosan, Ketrin Maykl bilan yashagan har yili uchun 2,8 million dollar daromad qiladi. Agar gollivud afsonalaridan biri bo‘lmish Duglas xotiniga xiyonat qilgudek bo‘lsa, 5 million dollar tovon to‘laydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi