17:39 / 27.01.2018
4 850

Kobulda portlash, o‘nlab qurbonlar bor

Kobulda portlash, o‘nlab qurbonlar bor
Afg‘oniston poytaxti Kobulda yuz bergan portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash mamlakat IIV sobiq binosining yonidagi Sadorat chorrahasida yuz bergan. 17 kishi halok bo‘lgani, taxminan 110 inson jabrlangani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, portlash politsiya nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. Bu haqda Reuters voqeaga guvoh bo‘lganlarga asosan xabar qilmoqda.

Bomba tez yordam mashinasiga joylashtirilgan, u nazorat-o‘tkazish punktiga yaqinlashgan vaqtda portlab ketgan. Hodisa hukumat muassasalari va xorijiy elchixonalar joylashgan tumanda ro‘y berdi.

Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, portlash uchun mas’uliyatni "Tolibon" radikal harakati o‘z zimmasiga oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobulda portlash, o‘nlab qurbonlar bor