Ultra o‘ng guruhning ikki vakili, Yosinori Kavamura va Satosi Katsurada Tokioda KXDR fuqarolari assotsiatsiyasi binosi darvozasiga bir necha marta o‘q uzdi. Bu haqda “Kyodo News”ga tayanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, ular tashkilot binosiga mashinada kelishgan hamda darvozalarga qarata bir necha marta o‘q uzishgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Gumonlanuvchilar bino yonida navbatchilikda bo‘lgan politsiya naryadi tomonidan qo‘lga olindi. Ayni damda erkaklarga qurolni noqonuniy saqlash bo‘yicha ayblov qo‘yildi.
Yaponiyadagi Shimoliy Koreya fuqarolari assotsiatsiyasi KXDR elchixonasi funksiyalarini bajaradi, sababi mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘q.
Politsiya gumonlanuvchilar bu ishni nega sodir etishganini aniqlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi