16:16 / 20.03.2018
3 506

Navro‘z tabrigida Tramp Eroni keskin tanqid qildi

Navro‘z tabrigida Tramp Eroni keskin tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp butun dunyodagi millionlab odamlarni “ajoyib Navro‘z” bilan tabrikladi, shu bilan birga Eron hukumatini, jumladan uning qudratli Islom inqilobi qo‘riqchilari gvardiya korpusini keskin tanqid qilib o‘tdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Prezident bayonotida, jumladan Navro‘z tarixi “ming yillar davomida o‘z madaniyati va insonlarining mustahkam irodasi tufayli katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan mag‘rur xalqi” bo‘lgan mamlakat — Eron bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlanadi.

“Yigirma besh asr ilgari Buyuk Doro Xudodan Eronni uchta kulfat: dushman qo‘shini, qurg‘oqchilik va yolg‘ondan asrashni so‘ragan edi. Biroq bugungi kunda Islom inqilobi himoyachilari korpusi bu uch kulfatni o‘zida jamlagan. Aldash rasmiy davlat siyosatiga aylangan”, – dedi Oq uy rahbari.

Tramp eronliklar o‘z huquqlarini tiklash uchun kurashayapti, deb javob berdi: “Qo‘shma Shtatlar Eron xalqining butunjahon hamjamiyati bilan birga bo‘lish va mamlakatning manfaatlariga xizmat qiladigan, mas’uliyatli hamda hisobot berib turuvchi hukumatga ega bo‘lishga urinishini qo‘llab-quvvatlaydi”.

“Bu yangi yilda yorug‘lik zulmatni parchalab tashlasin, Eron xalqi tinchlik, taraqqiyot va quvonch keltiradigan yangi kunga ega bo‘lsin”, – deb xotima yasadi AQSH prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Navro‘z tabrigida Tramp Eroni keskin tanqid qildi