Hindistonda insoniyat tarixidagi eng baland haykal qurilishi yakunlanmoqda. 180 metrlik yodgorlik mamlakat mustaqilligi uchun kurashgan Vallabxai Patelga bag‘ishlangan, deb yozadi Daryo nashri National Geographic xabariga tayanib.
Gujarat shtati Vardodara shahri yaqinidagi sun’iy ko‘lda ulkan haykal 2014 yildan buyon barpo etilmoqda. Hindiston milliy kongressi yetakchisining haykaltaroshlik tasviri balandligi 182 metrga yetadi. Bu Xitoyning Xenan provinsiyasidagi 128 metrlik Budda haykalidan 54 metrga balanddir.
Qurilmaning umumiy balandligi uning asosi bilan birgalikda 240 metrni tashkil etadi. Konstruksiyaga 5 700 tonna po‘lat, 18 500 tonna temir armatura, 75 000 metr kub beton va 22 500 tonna bronza sarflanadi.
Foto: National Geographic
2017 yilning yozida haykal tizzasigacha (59 metr) qurilgan edi, ish 2018 yil davomida to‘liq yakunlanadi. Qurilish ishlari 2 400 ishchi tomonidan kun-u tun olib borilmoqda.
Bu kabi noodatiy haykalning paydo bo‘lishi umumiy qiymati 320 million dollarga baholanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi