Amerikalik numizmat millionlab dollarlar turuvchi noyob tanga egasiga aylandi. Gap 1854 yilda San-Fransiskoda 300 donadan kamroq miqdorda zarb qilingan 5 dollarlik tanga haqida ketmoqda. Bugungi kungacha bu tangalardan faqatgina 3 dona qolgan deb hisoblanib kelingan.
Tangalardan biri Vashingtondagi Smitson institutida, yana bittasi xususiy kolleksiyada saqlanadi. Uchinchisi esa AQSHdagi eng boy oilalardan biri bo‘lgan Dyuponlar oilasidan 1967 yilda o‘g‘irlab ketilgan va hanuzgacha topilmagan.
Tanganing egasi dastlab uni qalbaki deb hisoblagan. Biroq numizmatikaga oid noyob tangalar haqiqiyligini tekshiruvchi Numismatic Guaranty Corporation kompaniyasi mutaxassislari tanganing haqiqiyligini tasdiqlashgan.
Bundan tashqari, ular topilgan tanga Dyuponlardan o‘g‘irlangani emasligini suratlarga ko‘ra isbotlay olishgan. Ma’lum qilinishicha, topilgan tanganing qiymati millionlab dollarlar turadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi