Inson hamda yirtqich hayvonning uchrashuvi aks etgan video Yelloustoun milliy bog‘iga kelgan Lindsi Jons tomonidan tasvirga olindi. Unda bahaybat bizonning mashinalar yo‘lini kesib o‘tayotgani va harakatlanishni to‘xtatib qo‘ygan payti ko‘rsatilgan, deya xabar berdi “Hordiq” nashri.
Videoda amerikalik erkakning qo‘rqmasdan bizonning qarshisiga chiqqani va uni o‘zi tomonga chorlagani ko‘rsatilgan. U qo‘li bilan ko‘ksiga urib, g‘alati ovozlar chiqargan va hayvon bilan kuch sinashmoqchi ekanligini namoyish etgan.
Yirtqich hayvon esa unga tashlangan, ammo erkak vaqtida qochishga ulgurgan.
Tarmoqlarda erkakning bu harakati juda qattiq tanqid ostiga olindi. Foydalanuvchilar uning harakatlarini hayvonning ustidan kulish deb baholashdi. Shuningdek, erkak nafaqat o‘zining hayotini, balki boshqalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yganligini ta’kidlashdi.
Yellouston milliy parkining vakillari erkakning xatti-harakatini «yehtiyotsizlik, xavfli va noqonuniy» deb atashdi va mehmonlarni hayvonlardan ma’lum masofalarda bo‘lishga chaqirdilar.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi