07:01 / 30.08.2018
4 277

Germaniyada Erdoʻgʻanga haykal oʻrnatildi va koʻp oʻtmay olib tashlandi

Germaniyada Erdoʻgʻanga haykal oʻrnatildi va koʻp oʻtmay olib tashlandi
Germaniyaning Visbaden shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanga haykal oʻrnatildi, biroq koʻp oʻtmay olib tashlandi.

Maʼlum qilinishicha, Erdoʻgʻanning 4 metrli, oltin suvi yugurtirilgan haykali shahar markazida Wiesbaden Biennale festivali doirasida oʻrnatilgan.

Bild nashri xabar qilganidek, baʼzilar haykal oldida suratga tusha boshlashgan. Biroq Erdoʻgʻanga qarshi chiquvchilar haykalda nomaqbul soʻzlar va tasvirlar qoldirishgan, unga tuxumlar uloqtirishgan. Bu esa Turkiya prezidenti tarafdorlari tomonidan igʻvo sifatida qabul qilingan.

Visbaden ober-burgomistri Sven Gerichning aytishicha, oqibatda Erdoʻgʻan tarafdorlari va unga qarshi chiquvchilar oʻrtasida dahanaki janjal chiqib, soʻngra mushtlashuvga aylanib ketgan. Gerich haykal joyida qolar ekan, “xavfsizlik boshqa kafolatlana olmasligini” aytgan.

Politsiyada maʼlum qilinishicha, haykal mashinaga kran yordamida ortilgan va olib ketilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Erdoʻgʻanga haykal oʻrnatildi va koʻp oʻtmay olib tashlandi