08:02 / 01.10.2018
3 414

Suriyada 3 yil ichida 100 mingga yaqin terrorchi yoʻq qilingani maʼlum qilindi

Suriyada 3 yil ichida 100 mingga yaqin terrorchi yoʻq qilingani maʼlum qilindi
Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada 3 yillik operatsiya davomida 85 ming terrorchini yoʻq qilgan. Bu haqda Rossiya federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Viktor Bondarev maʼlum qildi.

“Aviatsiya nishonga olish vositalarini qoʻllashning yuqori aniqligini taʼkidlab oʻtmoqchiman. Harbiy-koinot kuchlarining barcha zarbalari terrorchilarning obyektlariga aniq berilgan va berilmoqda. 3 yil ichida terrorchilarning yoʻq qilingan obyektlari (oʻq-dori omborlari, shtablar) oʻn minglabga yetadi. Oʻldirilgan terrorchilar 100 mingga yetadi, ulardan taxminan 85 mingi bizning harbiy-koinot kuchlari xizmatidir”, deb aytgan Bondarev.

Uning aytishicha, aviazarbalar natijasida jihodchilarning qoyalar va togʻli posyolkalardagi mustahkamlangan punktlarga tayangan mudofaasi yorib oʻtilgan, bu esa Suriya hukumat qoʻshinlarining barcha yoʻnalishlar boʻyicha oldinga borishida hal qiluvchi hissa qoʻshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada 3 yil ichida 100 mingga yaqin terrorchi yoʻq qilingani maʼlum qilindi