10:25 / 05.10.2018
2 655

Tramp AQSHning terrorchilikka qarshi kurashish boʻyicha yangi strategiyasini imzoladi

Tramp AQSHning terrorchilikka qarshi kurashish boʻyicha yangi strategiyasini imzoladi
AQSH prezidenti Donald Tramp terrorchilikka qarshi kurashish boʻyicha yangi milliy strategiyani imzoladi.

Hujjatga koʻra, AQSH oʻz eʼtiborini terrorchilik guruhlari manbalarini topish va bartaraf etish, terrorchilikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy oqimlarni yoʻq qilishga qaratadi. Bundan tashqari, dunyodagi radikallashuv va terrorchilikka yollashga qarshi kurashish, AQSHda terrorchilikka qarshi kurash vositalarini modernizatsiyalash, AQSH infratuzilmasini himoya qilishning muhimligi qayd qilingan. Xorijiy hamkorlarning aksilterrorchilik choralarini mustahkamlash zarurligi alohida taʼkidlab oʻtilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)