11:20 / 31.10.2018
3 505

Tbilisida 25 yoshli yigit 14-qavatdan tushib ketib ham tirik qoldi

Tbilisida 25 yoshli yigit 14-qavatdan tushib ketib ham tirik qoldi
Fojia yuz bergan joyga yetib kelgan tez yordamchilar brigadasi ko‘p qavatli uyning 14-qavatidan tushib ketgan yigitni ko‘rib hayratdan yoqa ushlashdi. U nafaqat tirik qolgan, balki hayoti yoki salomatligiga rahna solishi mumkin bo‘lgan jiddiy jarohat ham olmabdi.

— Yigitning aytishicha, — dedi vrachlardan biri. — Ochiq deraza tokchasida o‘tirgan ekan. Kutilmaganda muvozanatni yo‘qotib pastga qulabdi. Qulab to‘ppa-to‘g‘ri garaj ichkarisiga, divanga to‘shaladigan yumshoq gubkalar ustiga tushibdi. Shuning hisobiga jiddiy jarohat olmabdi…

Yigit baribir kasalxonaga olib ketilgan va bir necha soat davomida vrachlar nazoratida bo‘lgan.

17 oktyabr kuni Xitoydagi do‘konning sotuvchi qizlaridan biri dekorativ akulalar saqlanadigan akvarium ichiga tushib ketgandi. Uni darhol ikki nafar erkak xodim akvarium ichiga tushib qutqarib olgan. Qiz ham jiddiy jarohat olmagan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tbilisida 25 yoshli yigit 14-qavatdan tushib ketib ham tirik qoldi