Italiyaning Fuskaldo shahrida 14 kishi, jumladan, ushbu shahar hokimi Janfranko Ramundo, uning o‘rinbosari, maslahatchilari, boshqa davlat xodimlari, shuningdek, xususiy tadbirkorlar korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda xorij nashriga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Ushlanganlarning 12 nafari qamoqda, ikki nafari uy qamog‘ida saqlanmoqda. Gumondorlarni qo‘lga tushirish amaliyotida jami 100 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Ish doirasida gumonlanuvchilarga tegishli umumiy qiymati 215 ming yevrolik aktivlar xatlangan.
Ular ma’muriy qonun buzilishlari, bosim o‘tkazish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish, rastrata, ommaviy savdolarni o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik hamda pudratchilarni tanlashda til biriktirish kabilarda ayblanmoqda. Ularning davlatga yetkazgan zarari 7,5 mln. yevro deb baholanyapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?