14:00 / 23.11.2018
3 511

Shanxaydagi “Dolce&Gabbana” namoyishi ijtimoiy tarmoqda yuz bergan mojaro sababli qoldirildi

Shanxaydagi “Dolce&Gabbana” namoyishi ijtimoiy tarmoqda yuz bergan mojaro sababli qoldirildi
Italiyadagi “Dolce&Gabbana” modalar uyining Shanxaydagi namoyishi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan mojaro sababli qoldirildi. Mojaroga kompaniyaning internetda paydo bo‘lgan reklama roligi va brend ta’sischilaridan biri Stefano Gabbananing xitoylar haqida go‘yoki noto‘g‘ri gapirib qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Manbada aytilishicha, bularning barchasi "Facebook", "Twitter" va "Weibo" ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan videodan boshlangan. Unda xitoylik model qizning pitssa, spagetti va kannoli kabi taomlarni iste’mol qilayotgani aks etgan. Bunda kadr ortidagi ovoz qizning cho‘p bilan ovqat yeyishga qo‘li kelishmayotganini istehzo bilan sharhlagan. Buni ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi xitoyliklar millatchilik, irqchilik sifatida tushunib norozilik bildirgan. Shuningdek, mazkur video “Weibo”da eng ko‘p muhokama qilingan mavzu bo‘lgani qayd etilgan.

Shuningdek, “Weibo”da Stefano Gabbana haqida turli salbiy fikrlar avj olgan, uning xitoy madaniyatiga, xususan, xitoy taomlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lganligi aytilgan.

Moda namoyishini o‘tkazish kechiktirilganligi haqidagi xabar Xitoyning “Weibo” ijtimoiy tarmog‘idagi “Dolce&Gabbana”ning rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “D&G”ning Shanxaydagi namoyishini bekor qilish va ushbu brenddagi kiyimlarni boykot qilishga chaqirishgan. Shuningdek, internetda Xitoyda Italiya moda uyi bilan bog‘liq bunday vaziyat birinchi marta yuz bermaganligi, namoyishda xitoylik modellarning ishtirok etmasligi aytib o‘tilgan.

Dizayner Stefano Gabbana “Instagram”dagi sahifasida bildirilgan salbiy fikrlarga javoban “Xitoyni va xitoy madaniyatini yaxshi ko‘rishini” aytib, bo‘lib o‘tgan tushunmovchiliklar uchun uzr so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shanxaydagi “Dolce&Gabbana” namoyishi ijtimoiy tarmoqda yuz bergan mojaro sababli qoldirildi