09:27 / 26.12.2018
3 823

Xitoyliklar misdan deyarli “oltin” olishdi

Xitoyliklar misdan deyarli “oltin” olishdi
Xitoylik olimlar jamoasi misni deyarli oltinga o‘xshash yangi materialga aylantirishdi. Ushbu ixtiro noyob, qimmatbaho metallarni qo‘llashni ancha kamaytirishga imkon beradi.

Professor Sun Szyan va uning hamkasblari misga issiq, elektr zaryadlangan argon gazi oqimini katta bosimda yo‘naltirishdi. Bunda tez harakatlanuvchi ionlashgan zarralar mis atomini portlatgan. Shundan keyin mis atomlari sovib, to‘plovchi qurilma ustiga mayda qum zarralari kabi cho‘kkan. Har bir zarra bir necha nanometr diametrga ega bo‘lgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, mis nanozarralari oltin yoki kumushning ko‘rsatkichlariga o‘xshash ko‘rsatkichlarga erishgan.

Yangi materialni qalbaki tilla tangalar tayyorlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi, chunki uning zichligi misniki kabi saqlanib qoladi. Biroq olimlarning fikricha, yangi “oltin” boshqa sohalarda o‘z tatbig‘ini topishi mumkin.

Oltin o‘zining kimyoviy inertligi va tabiatda kam uchrashiga qaramay, bugungi kunda organik molekulalarning turli tiplarining o‘zgarishini tezlashtiruvchi ko‘plab kimyoviy katalizatorlar uchun asos sifatida qo‘llanadi. Misol uchun, oltin bugunda spirtning turli birikmalarini va unga o‘xshash moddalarni shakllantirishda qo‘llanadi.

Olimlar anchadan beri oltinni boshqa arzonroq metallar va boshqa noorganik elementlar bilan almashtirishga urinib kelishadi. Biroq kimyogarlar ham, boshqa mutaxassislar ham oksidlovchilarning ta’siriga yaxshi qarshilik ko‘rsatuvchi va shu bilan bir vaqtda reaksiyalarni tezlatuvchi oltinga o‘xshash moddani olishga muvaffaq bo‘lishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyliklar misdan deyarli “oltin” olishdi