Foto: Press TV
«Boing-707» samolyoti Tehron yaqinida quladi. Bu haqda Eronning ILNA agentligi xabariga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi.
Halokat Eron poytaxti yaqinidagi Safadasht shahri yonida sodir bo‘lgan. Samolyot qulagan joyda quyuq tutun kuzatilmoqda, u yerga tezkor xizmatlar - vertolyot va o‘ndan ziyod tez tibbiy yordam mashinasi yo‘l olgan.
«Ishonchimiz komilki, layner yo‘lovchi samolyot bo‘lmagan», - deya ma’lum qildi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentlik vakili Mijitab Xolidiy.
Foto: Press TV
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, layner yuk samolyoti bo‘lgan va Bishkekdan Tehron yaqinidagi Karaj shahriga parvoz qilayotgan edi. MEHR agentligi xabariga ko‘ra, u Kyrgizstan airlines aviakompaniyasi tomonidan foydalanilgan.
Bortda 16 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Uchuvchilar qutqarildi, ekipajning ikki a’zosi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlangan, qolganlarning taqdiri noma’lum. Halokatga qo‘nish paytida uchuvchining harakati sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boringFootage shows the site of cargo plane crash near #Iran's Fath Airport pic.twitter.com/D8m1bbg4qA
— Press TV (@PressTV) January 14, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi