«Wealth-X» konsalting kompaniyasi 2023 yilgacha millioner fuqarolari ulushi eng tez ko‘payadigan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Reytingni hisoblashda shaxsiy hisobida 1 milliondan 30 million dollargacha bo‘lganlar ko‘zda tutildi.
Yetakchi o‘nlikni Nigeriya boshqarmoqda — mamlakatda millionerlar soni 2023 yilgacha 16,3 foizga o‘sadi.
Ikkinchi o‘rindan o‘ninchi o‘ringacha quyidagicha ko‘rinish oldi: Misr (12,5 foiz), Bangladesh (11,4 foiz), Vetnam (10,1 foiz), Polsha (10 foiz), Xitoy va Keniya (9,8 foizdan), Hindiston (9,7 foiz), Filippin (9,4 foiz) va Ukraina (9,2 foiz).
2018 yil oxiriga kelib jahonda 1 milliondan 30 milliongacha mablag‘i bor kishilar soni 22,4 million nafarni tashkil etdi.
Bu insonlar shartli ravishda «High Net Worth» (HNW) deya toifalanadi.
Barcha HNW larning qariyb 75 foizi o‘n mamlakatda yashaydi: AQSh (8,6 mln. kishi), Xitoy (1,9 mln.), Yaponiya (1,6 mln.), Germaniya (1 mln.), Buyuk Britaniya (894 ming kishi), Fransiya (877,4 ming), Kanada (505 ming), Janubiy Koreya (476,7 ming), Avstraliya (473,6 ming) va Italiya (418 ming kishi). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi