Jazoirda 2019 yil aprelda o‘tadigan prezident saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishga 100 dan ko‘proq odam ichki ishlar vazirligiga ariza topshirdi. Bu haqda vazirlikda ma’lum qilindi.
“Dastlabki natijalarga ko‘ra, vazirlikka 101 kishi o‘z nomzodini ilgari surish haqida ariza topshirgan”, deyilgan xabarda.
Ehtimoliy nomzodlarga imzolar to‘plash uchun maxsus shakllar berilgan. Vazirlikda ta’kidlanishicha, ariza beruvchilardan 13 kishi siyosiy partiyalar yetakchilari, qolgan 88 nafari mustaqil nomzodlar hisoblanadi.
Avvalroq “Jamiyatning tinchlik uchun harakati” vakillari o‘z yetakchisi Abdurazzoq Makriyning nomzodini ilgari surishgani, shuningdek, prezident saylovlarida ishtirok etish istagini sobiq bosh vazir Ali Banflis va iste’fodagi armiya generali Ali Qodiriy bildirgani ma’lum qilingan.
Jazoirda prezident saylovlari 18 aprelda bo‘lib o‘tadi. Qonunga ko‘ra, prezident lavozimiga nomzodlar saylov komissiyasida 4 martgacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Jazoirni 1999 yildan beri boshqarib kelayotgan amaldagi prezident Abdulaziz Butafliqa hozircha o‘z nomzodini ilgari surishi haqida e’lon qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi