Qirg‘izistonda rus tili maqomi o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Bishkekdagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar bilim yurtlari rahbarlari bilan uchrashuvda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytib o‘tdi.
Jeenbekovning aytishicha, Qirg‘izistonga ko‘p tilli ta’lim zarur. “Bu konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan tamoyildir. Fuqarolarimiz davlat, rasmiy tillarni va dunyo tillaridan yana bittasini bilishi kerak. Barcha fuqarolar tomonidan davlat tilining o‘zlashtirilishini davlat darajasidagi masala deb hisoblaymiz”, deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.
“Qirg‘izistonda rus tili rasmiy til hisoblanadi. Uning maqomi o‘zgarishsiz qoladi. Bu birinchi navbatda bizning o‘zimizga kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Sooronbay Jeenbekov.
Prezidentning ta’kidlashicha, davlatning kelajagi haqida qayg‘uruvchi, bolalarga sifatli ta’lim beruvchi, munosib fuqarolarni tarbiyalovchi ta’lim muassasasi avvalambor korrupsiyadan forig‘ bo‘lishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi