15:45 / 28.04.2019
3 477

AQShlik haydovchi musulmon deb o‘ylagani uchun piyodalarni bosib ketgan

AQShlik haydovchi musulmon deb o‘ylagani uchun piyodalarni bosib ketgan
Kaliforniya shtati politsiyasi 23 aprel uni avtomobilda piyodalarni bosib ketish bilan bog‘liq hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Politsiyaning aytishicha, 34 yoshli Isayya Joel Pipls piyodalarni musulmon deb o‘ylagan va shuning uchun o‘z mashinasini atayin ularning ustiga haydagan. Hodisa Sanniveyl shahrida yuz bergan.

“Anadolu” agentligi hodisada jabrlangan to‘rt yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi. Xorijlik 13 yashar qizning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Isayya Joel Pipls 2005-2006 yillarda Iroqda snayper bo‘lgan, piyodalarni bosib ketishidan oldin AQSh mudofaa vazirligida moliyaviy nozir bo‘lib ishlagan. U sakkiz kishining hayotiga qasd qilishda ayblanmoqda va umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShlik haydovchi musulmon deb o‘ylagani uchun piyodalarni bosib ketgan