RLDP partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy o‘z tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan tort misolida Rossiya Ukrainani qanday bo‘lib olishini ko‘rsatib berdi, deb yozadi Sputnik «RIA Novosti» xabariga asosan.
Ijtimoiy tarmoq sahifasida joylashtirilgan videolavhada, Jirinovskiy o‘ziga xos bo‘lgan hazilomuz ohangda shunday dedi: «Men har doim aytganman, Kiyev hech qachon Ukrainaga tegishli bo‘lmagan yerlarga xo‘jayinlik qilmoqda. Dneprning chap qirg‘og‘i, Novorossiya hududi – bu rus yerlari va ular Moskva qo‘l ostiga qaytadi.
«Rossiya-1» jurnalistlari menga Ukraina shaklida tort sovg‘a qildi. Hozir biz uni adolat bilan bo‘lib olamiz. Mayli G‘arb tomonda joylashgan uchdan bir qismi Ukrainaga qolsin. U tomon — «Galitsiya» deb nomlansin. Ularga shu qoladi. Qolgani esa Rossiya bayrog‘i ostiga o‘tadi.
Tort juda mazali. Ko‘rayapsizmi men uni qanday ohista kesayapman. Hech kimga yomonlik qilish niyatim yo‘q. Uchdan biri ularga, uchdan ikkisi – bizga», — deydi hazilkash Jirinovskiy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi