23:47 / 19.05.2019
3 548

Misr ehromlari yaqinidagi portlash videosi paydo bo‘ldi (video)

Misr ehromlari yaqinidagi portlash videosi paydo bo‘ldi (video)
Foto: Compact News
Misrdagi ehromlar yaqinida yuz bergan portlash aks etgan ilk lavhani Compact News o‘z Twitter’ida e’lon qildi, deb yozadi «Daryo.uz».

Videoda bomba portlashi oqibatida zarar ko‘rgan avtobus aks etgan. Sinib tushgan oynalar va teshilgan shinalarni, shuningdek, yaqin orada vayron bo‘lgan g‘isht devorni ko‘rish mumkin.

Avvalroq Qohirada sayyohlar avtobusi yaqinida portlash yuz bergani, oqibatda 14 yo‘lovchi jabrlangani xabar berilgan edi.

Keyinroq jabrlanganlar soni 17 kishiga yetdi.

Portlash Katta Misr muzeyi va Giza piramidalari yaqinida portlovchi qurilma ishga tushishi tufayli yuz bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr ehromlari yaqinidagi portlash videosi paydo bo‘ldi (video)