09:45 / 17.06.2019
3 543

Braziliyada uchuvchi yo‘lovchi samolyotni shassisiz aeroportga qo‘ndirdi (video)

Braziliyada uchuvchi yo‘lovchi samolyotni shassisiz aeroportga qo‘ndirdi (video)
Foto: Globo
Braziliyaning Manaus shahridagi xalqaro aeroportda ATR 42 yo‘lovchi samolyoti avariyali qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Hodisa chog‘ida havo kemasi bortida 34 kishi bo‘lgan, ulardan ikki nafari yengil jarohat oldi.

Manaus — Karauari yo‘nalishi bo‘yicha uchgan layner parvozdan bir necha daqiqa o‘tib aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan. Qo‘nish chog‘i samolyot ekipaji shassini chiqarolmadi, shu sababli havo kemasi aeroportga «qorni» bilan qo‘ndi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada uchuvchi yo‘lovchi samolyotni shassisiz aeroportga qo‘ndirdi (video)