Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Euronews»ga intervyu berdi.
Toqayev AQSh yetakchisi Donald Trampdan Xitoy bilan savdo urushida murosa yo‘lini tanlashni, xitoyliklarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ymaslikni so‘radi.
«Men xitoylik rahbarlar, umuman bu xalq psixologiyasini yaxshi tushunaman, ular bilan bemalol kelishib ketish mumkin», — ta’kidladi Toqayev.
Toqayev Qozog‘iston Xitoyga bir qator tabiiy resurslarni eksport qiluvchi eng yirik mamlakatlardan biri ekaniga urg‘u berdi.
«AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan tashvishdamiz. Qozoq mahsulotlari narxi tushib ketishi mumkin, mana shunisi xavotirli», — dedi Qozog‘iston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Xitoyning qariyb 200 milliard dollarlik mahsulotlari uchun bojni 10 foizdan 25 foizga oshirgandi. Keyinchalik Tramp Xitoyning qolgan mollari importiga ham bojlarni oshirishni boshlashga buyruq bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi