BMT bugun taqdim etgan hisobot Yer aholisi soniga bag‘ishlandi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida. Unga ko‘ra, sayyoramiz aholisi soni yaqin 30 yilda 2 milliardga ko‘payib, 9,7 milliard kishiga yetadi. Asr oxiriga borib yerliklar soni 11 milliardga yetishi mumkin.
BMT iqtisodiy-ijtimoiy masalalar departamentining aholishunoslik bo‘limi ta’kidlashicha, umr ko‘rish davomiyligi uzayib borayotgani va tug‘ilish kamayib ketayotgani uchun jahon aholisi qariyapti, aholisi soni qisqarib borayotgan mamlakatlar ro‘yxati kengaymoqda.
Umuman olganda jahon aholisi soni o‘sishda davom etyapti, biroq hududlar kesimida tafovut juda katta. «Yangi demografik prognozlar 2050 yilgacha jahon aholisi soni o‘sishining teng yarmi 9 mamlakat hisobiga ta’minlanishini ko‘rsatyapti, bular: Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSh», — deyiladi hisobotda.
Taxminan 2027-yillarga borib Hindiston aholisi soni ko‘pligi bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishi ham hisobotda qayd etilgan.
Prognozlarga ko‘ra, global fertillik ko‘rsatkichi yanada pasayadi: 1990 yilda tug‘ilishlar soni bir ayolga o‘rtacha 3,2 tani tashkil etgandi, hozir — 2,5 ta, 2050 yilda 2,2 taga tushib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi