10:40 / 18.06.2019
4 539

Zelenskiy Putin bilan ilk uchrashuvidagi birinchi so‘zlari qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Zelenskiy Putin bilan ilk uchrashuvidagi birinchi so‘zlari qanday bo‘lishini ma’lum qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvida rossiyalik hamkasbiga Qrim va Donbass Ukrainaning qismlari hisoblanishini aytgan bo‘lardi. U bu haqda Bild nashriga intervyusida aytib o‘tdi.

“Putin bilan birinchi marta uchrashganigizda unga nima deysiz?”, deb so‘rashgan jurnalistlar Zelenskiydan. “Gapni Donbass va Qrim Ukraina ekanligidan boshlaymiz”, deb javob qilgan Ukraina prezidenti.

Ukraina yetakchisi Qrim Ukraina tarkibiga qaytarilishiga umid bildirgan va yarimorolda ko‘p marta bo‘lgani va uni yaxshi ko‘rishini aytgan. “Men uchun Qrim har doim Ukrainaning bir qismi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, deb qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Uning aytishicha, Kiyevda Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tiklanmaguncha kuchda qolishi kerak, deb hisoblaydilar.

Ukraina prezidentining fikricha, sanksiyalar hududni qaytarishga va o‘t ochishni to‘xtatishga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. “Agar bu vosita ishlamasa, unda bu mexanizmni to‘ldirish lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Putin “adashi”ni Ukraina prezidenti saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklamagan, u bilan telefonda gaplashmagan. Uning ta’kidlashicha, u Zelenskiy bilan aloqalardan bosh tortmagan va unga aloqa haqida takliflar tushmagan. Putin Zelenskiyni Rossiya haqida dushman sifatida gapirgani uchun tabriklamaganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putin bilan ilk uchrashuvidagi birinchi so‘zlari qanday bo‘lishini ma’lum qildi