Foto: «Reuters»
Amerikaning Kaliforniya shtati fuqarosi qo‘shnisini o‘ldirib, uning jasadini olti yil kvartirasining devorida yashirib kelgan, deb yozadi «Xabar» nashri.
Los-Anjeles (AQSh) shahridan bo‘lgan Reyven Kempbell 2009 yilning iyunidan beri bedarak ketgandi. 2015 yil iyul oyida ayolning oilasiga anonim qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Telefon qilgan odam ayol o‘zi yashagan apartamentlar kompleksi devorida ko‘milgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Marhumning qarindoshlari huquq-tartibot organlariga murojaat qilishadi. Politsiya qidiruvchi itlar yordamida Kempbellning jasadini topishadi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnilar bir necha yildan beri noxush hiddan shikoyat qilib kelishgan.
Qotillikda marhumning xonadondagi sobiq qo‘shnisi — 47 yoshli Rendolf Ye. Garbatt aybdor deb topilgan. Ayol to‘mtoq jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Aybdorning aytishicha, Garbatt uni o‘ldirish uchun bolg‘adan foydalangan. U 11 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi